Xabib Nurmagomedov va Konor Makgregor oʻrtasidagi jang bosh voqeasi boʻlgan UFC 229 musobaqasi pulli namoyishlar miqdori boʻyicha tashkilot tarixidagi rekord qiymatdagisi boʻldi. Bu haqda Kun.uz nashri maʼlum qildi.
7 oktyabrga oʻtar kechasi Las-Vegasda oʻtgan musobaqada Nurmagomedov raqibi Makgregor ustidan ishonchli gʻalabaga erishdi. Musobaqaning ahamiyati boʻyicha 2-raqamli jangida amerikalik Toni Fergyuson hamyurti Entoni Pettisni magʻlubiyatga uchratdi.
Maʼlum qilinishicha, musobaqaga 2,4 mln dollarlik translyatsiya sotilgan, bu esa UFC uchun rekord hisoblanadi. Bir namoyish narxi 90 dollar turadi. Tashkilotda bu borada oʻrnatilgan avvalgi rekord natija UFC 202 musobaqasida qayd qilingan boʻlib, 1,5 mln dollarni tashkil qilgan. Oʻsha musobaqaning bosh jangida Makgregor amerikalik Neyt Dias bilan jang qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Uayt: Konor ishonadiki, Nurmagomedov va Fergyuson o‘rtasidagi jang so‘nggi lahzalarda bekor qilinadi

Nurmagomedov MakGregor bilan boks qoidalari bo‘yicha jang qilishga rozi bo‘ldi

Xabib Nurmagomedov va Konor Makgregor vazn oʻlchashdi

Jeff Monson Nurmagomedov-Makgregor jangida kim gʻolib boʻlishini aytdi

Mayk Tayson Nurmagomedov va Makgregor jangida kimni qoʻllab-quvvatlaydi?

MakGregor va Nurmagomedovning jang qiladigan kuni ma’lum bo‘ldi