21:40 / 13.10.2018
3 125

Bikmayevning dubli, Kuperning birinchi g‘alabasi: O‘zbekiston - KXDR 2:0

Bikmayevning dubli, Kuperning birinchi g‘alabasi: O‘zbekiston - KXDR 2:0
O‘zbekiston hamda KXDR terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. “Milliy” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda hamyurtlarimiz ikki to‘p farqi bilan g‘alaba qozonishdi.

Uchrashuv kutilganidek mezbonlarning ustunligida boshlandi. To‘pni nazorat qilgan O‘zbekiston terma jamoasi raqib jarima maydoni atrofida bir qator xavfli vaziyatlarni sodir etdi. Uchrashuvda hisob 37-daqiqaga kelib ochildi: Davron Xoshimov to‘pni o‘ng qanotdan jarima maydoni markaziga uzatdi, u yerda Marat Bikmayev boshi bilan darvozani ishg‘ol qildi.

Goldan so‘ng raqib futborlchilari ham jonlanib qolishdi va taym mobaynida ilk bor Nesterov darvozasi atrofida paydo bo‘lishdi.

Ikkinchi bo‘lim ham hamyurtlarimizning tashabbusi bilan boshlandi. Yana raqib jarima maydoni atrofida bir qator yaxshi vaziyatlar yuzaga keldi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda yana o‘sha Bikmayev to‘p kiritib uchrashuvda dubl qayd etib qo‘ydi

Shu tariqa, Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston g‘alabasiz seriyasiga nuqta qo‘ydi.

O‘zbekiston - KXDR 2:0
13 oktyabr. "Milliy" stadioni. 19:00


Hakamlar: Dmitriy Mashensev, Bahodir Qo‘chqorov, Ismoil Tolibjonov (uchalasi Qirg‘iziston). Jasur Muxtorov (O‘zbekiston)

Gollar: Marat Bikmayev 37, - 1:0. Marat Bikmayev 90+1, - 2:0.

O‘zbekiston - 1.Ignatiy Nesterov - 24.Davron Hoshimov, 31.Yegor Krimets, 5.Anzur Ismoilov, 29.Vladimir Kozak - 7.Azizbek Haydarov (15.Odiljon Hamrobekov, 36), 16.Otabek Shukurov - 9.Odil Ahmedov (22.Javohir Sidiqov, 70), 27.Doston Hamdamov (17.Ivan Nagayev, 67) (6.Husniddin G‘ofurov, 83), 14.Eldor Shomurodov (8.Ikrom Aliboyev, 66) - 10.Marat Bikmayev
Zaxira: 25.Roman Abdulov, 30.O‘tkir Yusupov, 2.Akmal Shorahmedov, 4.Doston Tursunov, 13.Oleg Zoteyev, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev,

KXDR - 1.Ri Myong Guk (18.Sin Xyok, 46), 3.Jan Kuk Chol, 5.An Song Il, 6.Ri Un Chol, 7.Kang Kuk Chol (2.An Il Bom, 30), 9.Kim Yong Il, 11.Jong Il Gvan, 19.Rim Kvang Xyok, 20.Ri Tong Il, 25.Kim Yu Song, 17.Ri Chag Xo
Zaxira: 21.Kang Ju Xyok, 2.Kim Chol Bom, 4.Kim Sog Min, 8.Xan Tag Xyok, 14.Ri Kum Chol, 15.Jo Kvang Myong, 16.Kim Kuk Bom, 23.U Il Gang, 22.Sim Xyon Jin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bikmayevning dubli, Kuperning birinchi g‘alabasi: O‘zbekiston - KXDR 2:0