08:50 / 14.10.2018
3 888

Azamat Abduraimov: «Eybar»ga qarshi hujumkor o‘yin namoyish qilamiz»

Azamat Abduraimov: «Eybar»ga qarshi hujumkor o‘yin namoyish qilamiz»
O‘zbekiston Professional futbol ligasi hamda Ispaniya La ligasining hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga asosan Ispaniya Primerosida ishtirok etayotgan “Eybar” klubining U-15 jamoasi yurtimizga o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish uchun tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.

Ertangi o‘yin oldidan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Azamat Abduraimov va “Eybar” U-15 jamoasi bosh murabbiyi Antxon Charola Eskuderolar ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanida Azamat Abduraimov hamda Antxon Charola Eskudero jurnalistlarning savollariga javob berishar ekan, ushbu o‘yinni tashkil etgani uchun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Professional futbol ligasiga minnatdorchilik bildirishdi.

Azamat Abduraimov: – Yig‘inga chaqirilgan ayrim futbolchilarda jarohat borligi sababli ertaga maydonga tusha olmasliklari mumkin. Shunga qaramay, ertangi o‘yinda biz hujumkor o‘yin namoyish qilamiz. Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil qilingan CAFA U-15 musobaqasidagi ishtirokdan keyin ertangi o‘yin jamoa futbolchilari uchun katta tajriba bo‘lib xizmat qiladi. Biz 5 ta yosh toifasidagi O‘zbekiston chempionatini ham kuzatib, terma jamoaga nomzod futbolchilarni tanlab oldik. Masalan, musobaqaning eng yaxshi to‘purari Sardor Tojiboyev safimizga qo‘shilgan. Saralab olingan nomzodlar o‘smirlar terma jamoasiga noyabr oyidagi yig‘inlarda qo‘shilishadi. Dekabr oyida ham bizni Malayziyada “Super Max” xalqaro musobaqasi kutib turibdi. Shu sabab noyabr oyida ham yig‘in tashkil qilib, futbolchilarni sinovdan o‘tkazishda davom etamiz.

Manba: pfl.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Azamat Abduraimov: «Eybar»ga qarshi hujumkor o‘yin namoyish qilamiz»