12:44 / 14.10.2018
3 492

Millatlar Ligasi. Germaniya yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi va boshqa natijalar

Millatlar Ligasi. Germaniya yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi va boshqa natijalar
Millatlar Ligasi 2-turining navbatdagi o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Niderlandiya terma jamoasi o‘z maydonida Germaniyani qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi – 3:0.

30-daqiqada van Deyk hisobni ochdi. O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 4 daqiqa qolganida Depay oradagi farqni oshirdi. Veynaldum esa so‘nggi daqiqalarda gol kiritib, maydon egalarining yirik g‘alabasini ta’minladi.

Qozog‘iston safarda Latviya bilan bellashib, 1:1 hisobidagi durang natijaga erishdi. Bu qozog‘istonliklarning turnirdagi 2-ochkosi bo‘ldi. Avvalroq, Qozog‘iston Andorra bilan shunday hisoblarni qayd etgandi.

Armaniston terma jamoasi Gibraltarni qabul qilib, kutilmaganda 0:1 hisobida yutqazdi. Asosan havaskorlardan iborat bo‘lgan mehmonlar terma jamoasi mezbonlar hujumlariga dosh berib, o‘z tarixidagi ilk g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Millatlar Ligasi
13 oktyabr

Niderlandiya – Germaniya 3:0 (1:0, 2:0)

Gollar:
1:0 – 30 van Deyk, 2:0 – 86 Depay, 3:0 – 90 Veynaldum.
Niderlandiya – Sillessen, van Deyk, Blind, de Ligt, Dumfris, Babel (Dandjuma, 68), de Yong (Ake, 77), Bergveyn (Promes, 68), Veynaldum, Depay, de Ron.
Germaniya – Noyer, Kimmix, Xummels, Boateng, Xektor, Djan (Draksler, 57), Kroos, Ginter, Ut (Brandt, 68), Myuller (Sane, 57), Verner.

Makedoniya – Lixtenshteyn 4:1 (3:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 10 Traykovski, 2:0 – 30 Traykovski, 3:0 – 36 Pandev, 3:1 – 37 Yыldыz, 4:1 – 67 Alioski.

Irlandiya – Daniya 0:0 (0:0, 0:0)

Bolgariya – Kipr 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 41 Kastanos, 1:1 – 59 Despodov, 2:1 – 67 Nedelev.

Slovakiya – Chexiya 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 0:1 – 52 Krmenchik, 1:1 – 62 Hamshik, 1:2 – 76 Shik.

Armaniston – Gibraltar 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 50, penalti Chipolina.

Gruziya – Andorra 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 33 Kazaishvili, 2:0 – 84 Kazaishvili, 3:0 – 90 Kankava.

Norvegiya – Sloveniya 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 45 Selnes.

Latviya – Qozog‘iston 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 0:1 – 16 Zaynutdinov, 1:1 – 40 Karashausks.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Millatlar Ligasi. Germaniya yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi va boshqa natijalar