00:30 / 15.10.2018
2 976

Nurmagomedov yarim yilga diskvalifikatsiya qilinishi va jarimaga tortilishi mumkin

Nurmagomedov yarim yilga diskvalifikatsiya qilinishi va jarimaga tortilishi mumkin
UFC jangchisi Xabib Nurmagomedovga nisbatan 6 oylik diskvalifikatsiya hamda 350 ming dollar miqdorida jarima qoʻllanishi mumkin. Bu haqda TASS agentligi jangchining otasi Abdulmannop Nurmagomedovga asoslangan holda xabar tarqatgan.

“Biz sanksiyalar kutmoqdamiz. Menimcha diskvalifikatsiya muddati 4 oydan 6 oygacha boʻladi. Unga belgilangan gonorar muzlatilgan, qolaversa, 350 ming dollarlik jarima qoʻllanishi mumkin. Bizda menejment bor, yuristlar, mutaxassislar bor, vaziyatni mulohaza qilib koʻramiz”, degan u.

7 oktyabrga oʻtar kechasi Nurmagomedov yengil vazndagi UFC chempioni kamarini himoya qilish uchun irlandiyalik sobiq chempion Konor Makgregorga qarshi jang qildi. Jangning 4-raundida u raqibni boʻgʻish uslubi bilan taslim etdi. Shundan keyin Nurmagomedov oʻzini tutib tura olmadi va oktagondan chiqib, Makgregorning tarafdorlariga hujum qildi. Uning tarafdorlari esa oktagon ichida qolgan Makgregorga tashlanishdi.

Ayni vaqtda jang oʻtgan Nevada shtati sport komissiyasi jang uchun rossiyalik sportchiga vaʼda qilingan 2 million dollar miqdoridagi gonorarni muzlatib qoʻygan va tekshiruv ishlari olib bormoqda. Nurmagomedov Amerika vizasidan mahrum etilishi ham mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nurmagomedov yarim yilga diskvalifikatsiya qilinishi va jarimaga tortilishi mumkin