07:01 / 15.10.2018
2 673

Neymar: “Messining Argentina termasida yo‘qligi – futbol uchun sharmandalik”

Neymar: “Messining Argentina termasida yo‘qligi – futbol uchun sharmandalik”
Lionel Messining “Barselona”dagi sobiq jamoadoshi Neymar argentinalik yulduzning termaga chaqirilmaganidan hayron bo‘lganini yashirmadi. “Albiseleste” 16 oktyabr kuni Braziliya termasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

“Argentina termasida Messining yo‘qligi – futbol uchun sharmandalik. Leo qanchalik ko‘p o‘ynasa, ishqibozlar uchun shuncha yaxshi. U ajoyib futbolchi, fanatlar uni sog‘inishadi. Biz qanday kuchga ega ekanligimizni bilamiz. Kiyinish xonasida yigitlar bilan gaplashdik. Ularga kelgusi o‘yin alohida ahamiyat kasb etishini ta’kidladim. Argentina – kuchli jamoa. Bizni buyuk sportchilarga qarshi bahs kutib turibdi”, - dedi Neymar Infobae vakillariga bergan intervyusida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Neymar: “Messining Argentina termasida yo‘qligi – futbol uchun sharmandalik”