22:36 / 16.10.2018
3 594

Odil Ahmedov: “Biz gʻalaba qozondik, hamma xursand boʻlishi kerak”

Odil Ahmedov: “Biz gʻalaba qozondik, hamma xursand boʻlishi kerak”
Oʻzbekiston terma jamoasi yarimhimoyachisi Odil Ahmedov Qatarga (2:0) qarshi oʻrtoqlik bahsidan soʻng, “Sport” telekanali muxbiri savollariga javob qaytardi.

Futbolchi bu oʻyinda 1 ta gol urib, 2-golga hammualliflik qilgan edi.

- Terma jamoaning oʻyini sizni qoniqtirdimi?
- Terma jamoaning oʻyinida birinchi navbatda natija muhim hisoblanadi. Bugun 2:0 hisobida gʻalaba qozondik, demak, bundan hamma xursand boʻlishi va qoniqishi kerak.

- Birinchi boʻlimda gol urishga nima xalaqit berdi?
- Biz har doim gol urish uchun maydonga tushamiz. Ammo raqib ham kuchsiz emas edi. Oʻyinda biroz qiyin boʻldi. Ammo hisobni ochganimizdan soʻng, hammasi joyiga tushib ketdi.

- Ob-havoning sovuq kelishi terma jamoa oʻyiniga halal berdimi?
- Ob-havoning taʼsiri boʻlmadi. Biroq, “Milliy” stadioni maydonining holati yomon edi. Bu Oʻzbekiston terma jamoasi boʻlsa, nimaga “Paxtakor” stadionida oʻynash mumkin emas? Bunaqa maydonda har ikkala terma jamoa ham oʻz oʻyinini namoyish etishga qiynaldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Odil Ahmedov: “Biz gʻalaba qozondik, hamma xursand boʻlishi kerak”