07:01 / 17.10.2018
2 764

“Barselona”dan ketishi kerak boʻlgan 4 futbolchi (foto)

“Barselona”dan ketishi kerak boʻlgan 4 futbolchi (foto)
“Barselona” oʻz tarixida bir koʻrsatkich boʻyicha yomon natija qayd etmoqda. Bu klubda oʻzgarish vaqti kelganini koʻrsatadi.
Kataloniya klubi tarkibi juda yaxshi shakllangan. Ammo, jamoaning La Liga doirasida ketma-ket 4 uchrashuvda gʻalaba qozona olmasligi, qandaydir oʻzgarishlar vaqti kelganligidan darak beradi. Quyida “Barselona” klubini tark etishi kerak boʻlgan 4 futbolchi haqida toʻxtalib oʻtishni afzal koʻrdik.

Luis Suares
Hujumchi, 31 yosh


Tan olish kerak, urugvaylik forvardning ushbu mavsumda foydalilik koeffitsiyenti tushib ketdi. Hali oʻyinlar juda koʻp va Luis Suares oʻz darajasiga chiqib oladi degan fikrlar muhlislar tomonidan bildirilishi tabiiy albatta. Lekin uning yoshi allaqachon 30 dan oshganligi, kerakli paytda koʻplab vaziyatlarni koʻkka sovurishi, jismoniy holatidagi oʻzgarishlar futbolchidan voz kechish kerak degan fikrga kelish uchun asos boʻla oladi. Aslida, uni yozda boshqa klubga sotib yuborish(yaxshi summaga) mumkin edi. Messiga golli pas berish boʻyicha peshqadam(27 golli pas) boʻlib olgan Suaresdan ayrilish oson boʻlmaydi. Lekin, vaqtida uning oʻrnini iqtidorli, yosh boʻlgan hujumchi bilan toʻldirishni ham bilish kerak. Hozirda kataloniya klubining 9-raqamiga mos hujumchi sifatida 22 yoshli Andre Silva koʻrilmoqda. Yozda “Sevilya” tarkibiga borib qoʻshilgan portugaliyalik forvard ushbu mavsumda ajoyib koʻrsatkich qayd etmoqda – 8 oʻyin, 7 gol.

Rafinya
Yarim himoyachi, 25 yosh


“Barselona” yozgi transfer vaqtida Rafinyani sotish uchun juda koʻp harakat qilib koʻrdi. Hattoki, braziliyalik futbolchi oʻtgan mavsumni ijara asosida “Inter”da oʻtkazdi. Lekin Italiya klubi ham uning oʻrniga “Roma”dan 30 yoshli Radja Nainggolanni olib keldi va braziliyalik havbekning xizmatidan voz kechdi. Bu esa Rafinyaning qay darajadagi futbolchi ekanligini koʻrsatishga yaqqol misol boʻla oladi. Uning oʻrnini toʻldira oladigan futbolchilar yetarli. Masalan, Arturo Vidal va 19 yoshli Riki Puig. Rafinyaning maydonga tushishi, jamoaga koʻproq foyda keltirishi mumkin boʻlgan boshqa oʻyinchilarga imkoniyat bermayapti.
Almashtirilishi kerak: Riki Puig
Qachon: Yanvar, 2019

Xerar Pike
Himoyachi, 31 yosh


Jerar Pike “Barselona” tarihidagi klubga taʼsir oʻtkazgan 10 futbolchidan biri hisoblanadi. Uning orqa chiziqdan hujum boshlay olish mahorati va mudofaadagi ishonchli oʻyini jamoaning muhim futbolchilaridan biri boʻlishiga hizmat qildi. Lekin vaqt oʻtishi bilan hamma narma oʻzgaradi. Pikeda hali pasayish kuzatilmadi. Yaxshi formasini ushlab turibdi. Ammo, maydondan tashqaridagi holatlar uni futbol oʻynashdan chalgʻitmoqda. Tennis, pokker va biznesdagi urinishlar, Pikening futbolchilik faoliyatida “sirpanish davri” boshlanayotganidan nishon beradi. Ispaniyalik himoyachi bir kun kelib kataloniya klubi prezidenti boʻlishi mumkin. Hozir esa, asta-sekin himoyani u siz ham qurish uchun harakat qilish kerak. Bu borada Mattias De Ligt yaxshi variant.
Almashtirilishi kerak: Mattias De Ligt
Qachon: yozgi transfer, 2020

Denis Suares
Yarim himoyachi, 24 yosh


2016 yil yozgi transfer vaqtida jamoaga katta maqsadlar ila olib kelingan va Xaviga oʻrinbosar sifatida munosib koʻrilgan Denis Suares bu ishonchlarni oqlay olmayapti. 6 raqamda toʻp suradigan yarimhimoyachiga baʼzan jarohatlar, baʼzan oʻz pozitsiyasidagi ishonchsiz oʻyini halal bermoqda. Bu mavsumda biror marta maydonga tushirilmagan va jarohatidan endigina forigʻ boʻlgan Denisning klub uchun foydali ish hajmi “0”ga teng boʻlib turibdi. Uning oʻrnini, Karles Alena bilan toʻldirish mumkin.
Almashtirilishi kerak: Karles Alenya
Qachon: Zudlik bilan
squawka.com saytidan Nodir Abdurasulov tarjimasi

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Barselona”dan ketishi kerak boʻlgan 4 futbolchi (foto)