08:27 / 17.10.2018
3 485

Feliks Sanchez: “Oʻzbekiston top jamoa hisoblangani bois magʻlub boʻldik”

Feliks Sanchez: “Oʻzbekiston top jamoa hisoblangani bois magʻlub boʻldik”
Oʻzbekiston – Qatar oʻrtoqlik oʻyinidan keyingi matbuot anjumanida qatarliklar ustozi Feliks Sanchez uchrashuv borasidagi oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

- "Bugungi oʻyin jamoamiz uchun qiyin oʻtdi. Birinchi boʻlimda jamoamiz nisbatan yaxshiroq koʻrindi. Ammo tanaffusdan soʻng xatolarga yoʻl qoʻydik. Ayniqsa oʻtkazib yuborilgan goldan soʻng diqqatni jamlashda qiynaldik. Natijada oʻyinimiz qovushmadi. Shuningdek, mazkur oʻyin noodatiy ob-havoda oʻtdi. Bu ham oʻz taʼsirini koʻrsatdi. Toʻgʻri, oʻtgan oʻyinda Ekvador terma jamoasiga darvozasiga 4 marotaba yoʻl topib, gʻalaba qozongandik. Bugun esa bitta ham gol urolmadik. Har bir oʻyin alohida tarix. Bir oʻyinda koʻrsatilgan oʻyinni yoki natijani boshqa bir bahsda takrorlash qiyin boʻladi. Qolaversa, Oʻzbekiston top darajadagi raqib. Bugungi bahsda yaxshi oʻynolmaganimizga ularning ham hissasi bor. Oʻzbekiston oʻyin tashkil etishda juda yaxshi harakatlandi. Raqib bizga oldingi chiziqda deyarli imkoniyat qoldirmadi.

Biz nafaqat oʻz uyimizda oʻtadigan mundialni chamalab, balki Osiyo kubogida ham yaxshi natija qayd etish uchun ishlayapmiz. Jahon chempionatiga bosqichma-bosqich tayyorgarlik koʻriladi. Biz JCH yoʻlida Osiyo kubogini beeʼtibor qoldirmaymiz. BAAda oʻtadigan qitʼa chempionatiga ham konsentratsiyani qaratamiz. Aynan shu orqali JCHga ham jiddiy tayyorgarlik koʻramiz.

Himoyadagi tartibsizlik? Toʻgʻri, oʻtgan ikkita bahsda jami 5 gol oʻtkazdik. Bu koʻp. Gollar albatta xatolar evaziga kiritiladi. Ammo bu bilan mudofaa chizigʻimiz muammolar girdobida qolgan demagan boʻlardim. Keyingi bahslarga qadar ushbu mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etamiz. Shuni ham alohida taʼkidlash kerakki, biz ikkala bahsni juda jiddiy va top saviyadagi raqiblar bilan oʻtkazdik. Bugun yutqazdik, ammo yaqin orada Oʻzbekiston bilan yana uchrashishni istayman, oʻshanda biz boshqacha oʻynaymiz.

Oʻtkazilgan ikkinchi golni darvozabonning xatosidan koʻra futbolchining mahoratiga bogʻlagan boʻlardim. Umuman olganda kiperimiz bugun darvozani yaxshi qoʻriqladi", - dedi ispaniyalik mutaxassis Feliks Sanches.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Feliks Sanchez: “Oʻzbekiston top jamoa hisoblangani bois magʻlub boʻldik”