Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper Qatar termasiga qarshi kechgan oʻrtoqlik uchrashuvidan (2:0) oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashar ekan, sobiq jamoasi Misr va Oʻzbekistondagi muhitni solishtirdi.
“Ayni damda Oʻzbekiston MTJ bosh murabbiyiman va meni faqat shu jamoa qiziqtiradi. Futbolchilarimizni Misr termasi oʻyinchilari bilan solishtirishni maʼqul koʻrmagan boʻlardim. Chunki menda hali ham moslashish jarayoni davom etmoqda.
Lekin hozirdanoq ajratib koʻrsatishim mumkin boʻlgan jihat – bu kamtarlik. Nafaqat futbolchilar, meni atrofimdagi barcha insonlar kamtar va men bundan juda xursandman.
Yana bir narsani taʼkidlash joiz, hozirgi sharoitlar Misr termasidagidan farqli oʻlaroq ancha yaxshi, men boshlangʻich davrdagini nazarda tutmoqdaman.
Futbolchilarni solishtirishni istamayman, ammo umumiy qilib aytsak, hozirgi sharoitlar meni xursand qilmoqda”, – deydi Kuper.
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi