09:53 / 18.10.2018
3 455

Sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi – Tiago Bezerra

Sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi – Tiago Bezerra
O‘zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon oyning eng yaxshilarini aniqlash uchun o‘tkazib kelayotgan so‘rovnomasini davom ettiradi.

Mazkur so‘rovnomada PEPSI Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etdi. Muxlislar ovozi esa PFL rasmiy sayti (www.PFL.uz)da o‘tkazilgan so‘rovnoma orqali qabul qilindi.

Ortda qolgan sentyabr oyida PEPSI Superligada 23-24-tur uchrashuvlari, shuningdek, O‘zbekiston kubogi-2018 chorak final hamda yarim final o‘yinlari o‘tkazildi. Mazkur uchrashuvlar davomida bir qator futbolchilar ajoyib o‘yin namoyish etib, muxlis-u mutaxassislar olqishlariga sazovor bo‘ldi. Qolaversa, jamoalariga muhim ochkolarni qo‘lga kiritishda ko‘mak berishdi.

So‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, o‘tgan oyda 4 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 marta raqiblari darvozasini ishg‘ol etgan va 1 ta assistga mualliflik qilgan “Paxtakor” jamoasi a’zosi – Tiago Bezerra eng ko‘p ovoz to‘pladi va sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deya e’tirof etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi – Tiago Bezerra