10:53 / 19.10.2018
4 684

Novak Jokovich va Mariya Sharapova o‘rtasida nima bor?

Novak Jokovich va Mariya Sharapova o‘rtasida nima bor?
Serbiyalik tennischi Novak Jokovich rossiyalik Mariya Sharapova haqidagi fikrlarini va u bilan qanday munosabatda ekanini aytib o‘tdi.

"Mariya haqiqiy chempion. U tennisni juda yaxshi ko‘radi va butun vujudi bilan shug‘ullanadi. Men u bilan ko‘p marotaba shug‘ullanganman va uni o‘z ishini ustasi ekanini his qilganman.

Uning o‘z ustida tinimsiz ishlayotgani, unga turnirlarda ko‘plab muvaffaqiyat keltirmoqda. Shuningdek, u kortdan tashqari ham o‘zini yaxshi tomonlama ko‘rsata oladi. Ko‘pchilik Mariya haqida noto‘g‘ri o‘ylaydi. Aslida unday emas, ular Sharapovani yaqindan bilishmaydi.

U hayotda juda aqlli va shu sababli ham o‘zini ochiq va erkin tutadi. Biz yaqin do‘stmiz va ko‘p marotaba birga tadbirlarda ishtirok etamiz. Mariya juda ajoyib inson", – deydi Novak.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Novak Jokovich va Mariya Sharapova o‘rtasida nima bor?