15:30 / 23.10.2018
4 844

O‘zbekiston MTJ noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

O‘zbekiston MTJ noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi kelasi yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil qilishda davom etadi.

Ektor Kuper boshchiligidagi milliy terma jamoamiz sentyabr oyida Suriya va Eron, oktyabrda esa KXDR va Qatar terma jamoalariga qarshi Toshkentda o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazdi.

Noyabr oyidagi FIFA kunlaridan ham unumli foydalanish maqsadida, O‘zbekiston MTJ uchun noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik o‘yini tashkil qilinadi.

15 noyabr kuni vakillarimiz Livan terma jamoasiga qarshi to‘p sursa, 20 noyabr kuni Janubiy Koreyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkaziladi. Har ikki uchrashuv Avstraliyaning Brisben shahrida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo kubogi 2019 yilning 5 yanvar - 1 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston MTJ noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi