04:54 / 24.10.2018
4 211

Abdulla Tangriyev sportga qaytmoqda

Abdulla Tangriyev sportga qaytmoqda
9-11 noyabr kunlari dzyudo bo‘yicha Toshkent Gran-prisi o‘tkaziladi. Musobaqada 2016 yilda faoliyatini yakunlagan Abdulla Tangriyevning ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Turon24 muxbiri sportchi bilan bog‘langanda, Tangriyev 2020 yilda Tokio olimpiadasida ishtirok etish niyati borligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga qaraganda, Toshkent Gran-prisi ushbu musobaqa uchun lozim bo‘lgan muhim reyting ochkolarini taqdim etadi.

Eslatib o‘tamiz, 37 yoshli sportchi oxirgi marta Braziliyaning Rio de Janeyro shahrida o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgandi.

Ma’lumot uchun: Toshkent Gran-prisida 52 mamlakatdan 417 nafar sportchi ishtirok etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abdulla Tangriyev sportga qaytmoqda