23:19 / 23.10.2018
3 102

Ro‘ziqul Berdiyev: “Yigitlarga ko‘rsatayotgan o‘yinlari uchun rahmat aytaman”

Ro‘ziqul Berdiyev: “Yigitlarga ko‘rsatayotgan o‘yinlari uchun rahmat aytaman”
“Nasaf” – “So‘g‘diyona” (3:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbon jamoa bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘yin haqidagi fiklari bilan o‘rtoqlashdi.

Ro‘ziqul Berdiyev: Yigitlarga bugungi o‘yin uchun rahmat aytmoqchiman. Ular ko‘rsatmalarimizni yaxshi bajarishdi. Bugun maydonga tushgan futbolchilarimiz erkin harakat qilishdi. Borgan sari o‘zlariga bo‘lgan ishonch ham ortmoqda. Aslida maqsadimiz ham shu. Ya’ni, futbolchilarimizni ruhiy va taktik jihatdan mahoratini oshirish.

Menimcha, maqsadimizga asta-sekin erishayapmiz. Bunga keyingi o‘yinlarimiz va qo‘lga kiritayotgan natijalarimiz misol bo‘la oladi. Bugungi uchrashuvda biz raqibimizdan har tomonlama ustunlik qildik. O‘ylaymanki, bugungi g‘alabamiz bilan muxlislarimizni xushnud eta oldik. Asosiy maqsadimiz ham shu! Albatta, to‘xtashga hech qanday haqqimiz yo‘q. Biz navbatdagi o‘yinlarga ham qattiq tayyorgarlik ko‘ramiz.

Manba: fcnasaf.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: “Yigitlarga ko‘rsatayotgan o‘yinlari uchun rahmat aytaman”