19:34 / 24.10.2018
2 744

Alisher Nikimbayev: "O‘zbek klublari bosqichma-bosqich xususiylashtirilishi lozim"

Alisher Nikimbayev: "O‘zbek klublari bosqichma-bosqich xususiylashtirilishi lozim"
Taniqli futbol eksperti Alisher Nikimbayev Turon24 bilan suhbatda o‘zbek futbol klublarining bosqichma-bosqich xususiylashtirilishi lozimligini ma’lum qildi.

"O‘zbek futbol klublari davlat tashkilotlari va neft-gaz kompaniyalariga qaram bo‘lgani sababli, ularning klublarga ajratayotgan mablag‘lari cheklanishi bilan klublar inqirozga yuz tutishi mumkin. Bunga Bunyodkor, Nasaf, Buxoro, Neftchi klublari misol bo‘la oladi. Biroq ayni paytda klublarning to‘lig‘icha davlat tomonidan ta’minlanishi yoki to‘laligicha xususiylashtirilishi ham masalaga yechim bo‘la olmaydi. Chunki davlat tasarrufidagi tashkilotlar tomonidan futbolga ajratiladigan mablag‘larning ertami-kechmi to‘xtatilishi ehtimoli baland.

Shuningdek, klublarning to‘la privatizatsiya qilinishi ham mustaqil ravishda pul topa olmaydigan jamoalarning yo‘qolib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bu yerda yagona yechim: o‘zbek klublarini bosqichma-bosqich xususiylashtirish orqali ularning pul topish mexanizm platformalarini yaratish va futbol klublariga pul kiritgan investorlarga soliq imtiyozlarini taqdim etish maqsadga muvofiq bo‘ladi", deydi Nikimbayev.

Ma’lumot o‘rnida: Nikimbayev ayni paytda Qatar futbol federatsiyasining musobaqalar va futbolchilar masalalari departamentida faoliyat olib boradi. Shuningdek, Nikimbayev O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Alisher Nikimbayev: "O‘zbek klublari bosqichma-bosqich xususiylashtirilishi lozim"