19:23 / 24.10.2018
3 900

Shoh soxta ekan! - Adidas O‘zbekiston terma jamoasini kiyintirmaydi

Shoh soxta ekan! - Adidas O‘zbekiston terma jamoasini kiyintirmaydi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi terma jamoalar uchun sifatli ekipirovkalar yetkazib beruvchi bir qator xorij kompaniyalari bilan muzokaralar o‘tkazdi. Natijada Germaniyaning mashhur JAKO (YaKO) kompaniyasi bilan hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishildi, deb xabar beradi O‘FA sayti.

Endi bu kompaniya turli yoshdagi milliy terma jamoalar uchun ekipirovkalar yetkazib beradigan bo‘ldi. 25 oktyabr kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va JAKO kompaniyasi tomonidan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolanadi.

Qizig‘i shundaki, shu yilning sentyabr oyida O‘FA Germaniyaning Adidas kompaniyasi bilan 2 yillik shartnoma imzolashi haqida xabarlar tarqalgan edi. Xususan, Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov bu haqda «Kun.uz»ga xabar bergan edi. O‘zbekistonning turli yoshdagi bir qancha terma jamoalari avgust, sentyabr va oktyabr oyida o‘tkazilgan o‘yinlarda aynan Adidas liboslarida maydonga tushgandi.

Ma’lumot uchun, JAKO kompaniyasi sport ekipirovkalari (libos, oyoq kiyim, aksessuarlar) va inventarlarni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan kompaniya bo‘lib, unga Rudi Shpryugel tomonidan 1989 yilning 1 noyabrida asos solingan. Ayni vaqtda 40dan ortiq mamlakatda kompaniya filiallari mavjud. Uning bosh binosi Germaniyaning janubi-g‘arbidagi Hollenbax okrugida joylashgan. Hozirda Avstriya, Belgiya, Gollandiya, Shveysariya kabi mamlakatlarning bir qator klublari aynan JAKO kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shoh soxta ekan! - Adidas O‘zbekiston terma jamoasini kiyintirmaydi