07:30 / 28.10.2018
2 729

"Finalda xato qilishga haqqimiz yo‘q" - Shota Arveladze ishtirokidagi matbuot anjumani

"Finalda xato qilishga haqqimiz yo‘q" - Shota Arveladze ishtirokidagi matbuot anjumani
O‘zbekiston kubogi finali oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida "Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladze jamoa futbolchisi Sherzod A’zamov ishtirok etishdi.
Dastlab murabbiy final oldidan o‘z fikrlarini quyidagicha izohladi.

- "Finalda xato qilishga haqqimiz yo‘q. Chunki bu xatoni to‘g‘rilash imkoniyati yo‘q. Ishonch bilan finalga qadar yetib keldik. Ertaga ham shu o‘yin va shunday kayfiyatni ko‘rsatishimiz lozim bo‘ladi. Albatta, finalda o‘ynash doim qiyin. Raqib ham anoyi jamoa emas. Umid qilamanki, "Paxtakor" o‘zidan kutilayotgan o‘yinni ko‘rsatadi va 7 yillik tanaffusdan so‘ng yana kubokni boshi uzra ko‘taradi. Biz finalga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik.

Bu mening murabbiylik faoliyatimdagi ilk finalim. Hayajon bor demagan bo‘lardim, aksincha yoqimli hissiyotlarni boshdan kechiryapman. Finalda o‘ynash doim yoqimli.

Tarkibda hech qanday yo‘qotishlar yo‘q. Barcha kurashga shay. AGMKning kuchli taraflari? Bu jamoaning o‘yin tashkil etishi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Ayniqsa mudofaa chizig‘ida tartibdi o‘ynashadi. Shuningdek, standart vaziyatilaridan ancha xavfli o‘ynashadi", - deya o‘z fikrlarini bildirdi. Shota Arveladze.

Keyinchalik jamoa himoyachisi Sherzod A’zamov so‘z olib, final oldidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- "Finalda hech kimning xato qilishga haqqi yo‘q. Menimcha, har ikkala jamoaning saviyasi teng. Finalda oddiy raqib uchramaydi. AGMKda ham tajribali va mahoratli futbolchilar yig‘ilgan. O‘ylaymanki, biz o‘zimizning o‘yinni ko‘rsatib, finalda muxlislar kutgan sovrinni taqdim etamiz. Nafaqat sovrin, balki chiroyli o‘yin orqali ham ishqibozlarni xursand qilmoqchimiz. Finalni Farg‘onada o‘tkazish avvaldan belgilangandi. Menimcha, finalni bu yerda o‘tkazilishi har ikkala jamoa muxlislariga qiyinchilik tug‘diradi. Chunki finalga yo‘l olgan jamoalar Toshkent shahri va Toshkent viloyati jamoalari bo‘lishdi. Ammo biz qarorni hurmat qilamiz.

"Lokomotiv" bilan o‘yindan so‘ng jamoa bilan umumiy guruhda shug‘ullanishni boshladim. Jismoniy holatim ham joyida. Mashg‘ulotlarda o‘zimni yaxshi his qilyapman. Ertaga bu muammo bo‘ladi deb o‘ylamayman", - deya finalga hozirligini ta’kidladi Sherzod A’zamov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Finalda xato qilishga haqqimiz yo‘q" - Shota Arveladze ishtirokidagi matbuot anjumani