22:30 / 28.10.2018
2 524

Klopp APL dagi vaziyat haqida: "Butun umr sutkasiga 24 soat yuqorida bo‘lishni istayman"

Klopp APL dagi vaziyat haqida: "Butun umr sutkasiga 24 soat yuqorida bo‘lishni istayman"
«Liverpul» klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliya chempionati 10-turida «Kardiff» ustidan qozonilgan g‘alaba borasida fikr bildirib o‘tdi.

O‘yin haqida

«Agar «Kardiff»ga qarshi o‘yinlarda yetarlicha sabrli bo‘lmasang, bo‘sh hudud topish qiyin bo‘ladi. Ular shunchaki bunga yo‘l qo‘yishmaydi. Boshlanishi yaxshi: gol va qo‘shimchasiga vaziyatlar bo‘ldi.

Chorshanba kungi o‘yin tufayli diqqatni jamlash qiyin bo‘ldi, biz to‘pni berib qo‘ydik, raqib standart vaziyatlarda havfli bo‘ldi.

Biz yetarlicha himoyalandik. Birinchi bo‘limda 1:0, hammasi yaxshi. Sado gol urmoqda, biroq «Kardiff» hali hamon tartibli o‘ynamoqda».

O‘tkazib yuborilgan gol haqida

«Yigitlarga bu yoqmaydi, menga ham bu yoqmaydi, biroq bu bizga yordam berdi chunki 2:1 hisobidan keyin «Kardiff» o‘ziga ishondi va ochiq zonalar paydo bo‘ldi. Ajoyib gollarni kiritdik. Chorshanba va shanba kuni ham o‘yin o‘tkazish qiyin, lekin maksimum ochkolar yig‘dik. Bu yaxshi».

Shakiri haqida

«Yaxshi futbolchilarning borligi doim foydali. To‘rtta o‘yin ketma-ket «Liverpul» va terma jamoa uchun o‘ynadi, shuning uchun hamki boshlang‘ich tarkibda tushirilmadi. Bizda yaxshi jamoa bor, agar u o‘z formasida bo‘lsa bizda ko‘plab futbolchilar o‘ynash uchun tayyor bo‘ladi».

«Liverpul»ning APL da peshqadamligi haqida

«Butun umr yuqorida sutkasiga 24 soat bo‘lishni istayman. 26 ochko – bu yaxshi», - deydi Klopp.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Klopp APL dagi vaziyat haqida: "Butun umr sutkasiga 24 soat yuqorida bo‘lishni istayman"