03:47 / 02.11.2018
3 632

Mirjalol Qosimov: "O‘yinni ko‘rish uchun stadionga kelgan muxlislar yutdi"

Mirjalol Qosimov: "O‘yinni ko‘rish uchun stadionga kelgan muxlislar yutdi"
Superligasining 28-turidan o‘rin olgan "Buxoro" - "Bunyodkor" (0:2) o‘yinidan so‘ng "qaldirg‘ochlar" ustozi Mirjlol Qosimov o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"O‘ylaymanki, o‘yinni ko‘rish uchun stadionga kelgan muxlislar yutdi. Sababi, o‘yin shiddatli, ochiq va tomoshabop bo‘ldi. "Buxoro" jamoasi ham bir necha marta qulay imkoniyatlardan foydalana olmadi. Bizning futbolchilar ham vaziyatlarni ko‘kka sovurishdi.

Dramatik o‘yin guvohiga aylandik. So‘nggi daqiqalarda ikkinchi sariq kartochka bilan qizil kartochka olib maydonni tark etgan futbolchi "Buxoro"ga pand berdi va natijaga ta’sir ko‘rsatdi. O‘z navbatida biz ham so‘nggi daqiqagacha kurashdik va g‘alaba qozondik.

Sovuq ob-havoga qaramasdan stadionga kelgan muxlislarga rahmat. Qolaversa poytaxtdan bizni qo‘llab-quvvatlash uchun yetib kelgan muxlislarimizga ham alohida minnatdorchilik bildiraman", - deydi Mirjalol Qosimov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: "O‘yinni ko‘rish uchun stadionga kelgan muxlislar yutdi"