00:23 / 03.11.2018
3 757

Infantino: "Qatarda o‘tkaziladigan jahon chempionatida 48 ta terma jamoa qatnashadi"

Infantino: "Qatarda o‘tkaziladigan jahon chempionatida 48 ta terma jamoa qatnashadi"
FIFA prezidenti Janni Infantino Kuala-Lumpurda Osiyo futbol konfederatsiyasi (AFC) Kongressi delegatlari oldida chiqish qilar, 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi jahon chempionatida ishtirok etadigan terma jamoalar soni rejalashtirilganidek 32 ta emas, balki birdaniga 48 ta bo‘lishi mumkinligini istisno etmagan.

“Biz 2026 yildan jahon chempionati ishtirokchilari sonini 48 tagacha kengaytirishga qaror qilib bo‘ldik, - dedi u. — Bu 2022 yildayoq ro‘y berishi mumkinmi? Mumkin. Nima uchun yo‘q? Sizda(Osiyo terma jamoalari-tahr.) katta imkoniyat paydo bo‘ladi. O‘ylashimcha, ushbu g‘oyani amalga oshirsa bo‘ladi. Biz qatarlik, shuningdek, mintaqadagi do‘stlarimiz bilan ham buni muhokama etyapmiz. Umid qilamanki, hammasi yaxshi bo‘ladi. Juda bo‘lmaganda, shunga harakat qilib ko‘rish kerak”.

“Kommersant” gazetasining yozishicha, ​FIFA prezidentining bayonoti AFC Kongressi delegatlari tomonidan katta olqishlar bilan kutib olindi. Ayniqsa, uning Osiyoga jahon chempionatiga beriladigan yo‘llanmalar sonini hozirgi 4,5 ta o‘rindan 8,5 tagacha ko‘paytirish haqidagi so‘zlari barchani xursand qilgan.

“JCh-2022” tashkiliy qo‘mitasi rahbari Hassan al-Tavadiy ham jahon chempionatini kengaytirish varianti ko‘rib chiqilishini tasdiqladi. Uning ma’lum qilishicha, Qatar bu boradagi imkoniyatlarini o‘rganib chiqadi va kelgusi yil yoz oyida boshlanadigan mundial uchun saralash bahslari arafasida shu bo‘yicha o‘z qarorini e’lon qiladi.

“Qaror kelgusi yilning birinchi choragi yakuniga qadar qabul qilinishi, mumkin”, - deydi Tavadiy.

Manba: "Xalq so‘zi"

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Infantino: "Qatarda o‘tkaziladigan jahon chempionatida 48 ta terma jamoa qatnashadi"