01:05 / 03.11.2018
2 475

Keylor Navas jamoadoshlari bilan Jahon chempionatida o‘yinni atay susaytirishgan

Keylor Navas jamoadoshlari bilan Jahon chempionatida o‘yinni atay susaytirishgan
Kosta-Rika futbol federatsiyasi sobiq a’zosi Adrian Guterresning "As"ga ma’lum qilishicha, Keylor Navas va terma jamoaning yana ikki nafar futbolchisi JCh-2014 vaqtida sobiq bosh murabbiy Xorxe Luisa Pintoning o‘z lavozimidan ketishi uchun atay o‘yinni susaytirishgan.

Guterresning so‘zlariga qaraganda, Navasdan tashqari Brayan Ruis va Selso Borxes kabi futbolchilar bosh murabbiy o‘z lavozimini tark etishi uchun bu ishni atay amalga oshirishgan.

Hodisa 2014 yilgi Jahon chempionati vaqtida sodir bo‘lgani aytilmoqda. Ushbu turnirda kosta-rikaliklar chorak finalga qadar yetib borishgan va Braziliyaga 2-1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yishgandi. Bu bosqich Kosta-Rika futboli tarixidagi eng yuqori natija bo‘lib turibdi.

Hozircha Guterresning bu axborotini har uchala futbolchi rad etmoqda va ular bu masalaga sud orqali oydinlik kiritishmoqchi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Keylor Navas jamoadoshlari bilan Jahon chempionatida o‘yinni atay susaytirishgan