12:51 / 03.11.2018
3 586

O‘zbekistonlik futbol muxlislari "Yuventus" klubi tomonidan e’tirof etildi

O‘zbekistonlik futbol muxlislari "Yuventus" klubi tomonidan e’tirof etildi
1 noyabr kuni Italiyaning "Yuventus" klubi tashkil topganiga 120 yil to‘lishi munosabati bilan jamoaning butun dunyo bo‘ylab fan-klublari o‘rtasida tanlov o‘tkazildi. Bu haqda klub "Twitter"dagi sahifasida xabar berdi.

Tanlov qoidasiga ko‘ra, har bir rasmiy fan-klub surat olib, uni "Yuventus"ga yuborishi lozim edi. Yuzdan ortiq mamlakatdan yuborilgan suratlar orasidan to‘rtta fan-klub g‘olib sifatida tanlandi.

G‘oliblar orasidan "Yuventus"ning O‘zbekistondagi rasmiy fan-klubi ham o‘rin oldi.

Turinning "Yuventus" klubi 1897 yil 1 noyabrda tashkil etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik futbol muxlislari "Yuventus" klubi tomonidan e’tirof etildi