20:36 / 03.11.2018
4 581

O‘zbekistonlik G‘ofur Rahimov AIBA prezidenti! Saylovdan keyingi xursandchilik (video)

O‘zbekistonlik G‘ofur Rahimov AIBA prezidenti! Saylovdan keyingi xursandchilik (video)
Rossiya poytaxti Moskva shahrida Xalqaro Boks Assotsiatsiyasining 2018 yilgi Kongressi o‘z ishini yakunlash arafasida. Bugun Radisson Royal mehmonxonasi qoshidagi Congress Park`da AIBA`ning 11 ta rahbar lavozimlariga saylovlar bo‘lib o‘tmoqda.

Kun.uz nashrining xabar berishicha, 137 nafar delegat ishtirok etgan ovoz berish jarayoni natijalariga asosan shu yilning yanvaridan buyon tashkilot prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimida ishlab kelgan o‘zbekistonlik G‘ofur Rahimov prezident etib saylandi. U Osiyo Boks Konfederatsiyasi prezidenti qozog‘istonlik Serik Konakbayev bilan raqobatda ustun keldi.

Saylovda Rahimov 86 ta, Konakbayev 48 ta ovoz yig‘di, yana 3 ta byulleten to‘ldirilmagan holda qaytarildi.

67 yoshli Rahimov bugundan o‘z lavozimiga kirishadi va keyingi 4 yil davomida jahon havaskor boksiga rahbarlik qiladi.

Majlis kun tartibiga muvofiq, saylov natijalari e’lon qilinganidan so‘ng unda g‘olib chiqqan nomzodlar so‘zga chiqib, fikrlarini bildirib o‘tadi. Shuningdek, bugun AIBA`ning 2020 yilgi Kongressi sanasi ham ma’lum qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kongressning birinchi ish kunidagi eng asosiy yangilik – tashkilot nizomiga kiritilgan o‘zgartirish bo‘lgan edi. Unga ko‘ra, endilikda tashkilot prezidenti zarur hollarda o‘z lavozimidan ma’lum vaqtga tanaffus olishi mumkinligi belgilab qo‘yildi.

Nizomga ushbu tuzatish AIBA va Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi o‘rtasidagi ziddiyatni yumshatish chorasi sifatida kiritildi. XOQ bunga qadar «Magnitskiy ro‘yxati»ga kiritilgan G‘ofur Rahimov AIBA prezidenti etib saylangan taqdirda boksni olimpiya sport turlari tasnifidan chiqarish, AIBA`ni professional assotsiatsiya sifatida tan olmaslik choralarini qo‘llash bilan tahdid qilib keladi.

Ma’lumot uchun, G‘ofur Ahmedovich Rahimov 1951 yilda Toshkentda tug‘ilgan. Leningrad muhandislik-iqtisodiyot institutini muhandis-iqtisodchi mutaxassisligi bilan bitirgan.

Rahimov mehnat faoliyatini 1975 yilda O‘zSSR Savdo vazirligi koordinatori vazifasida ishlash bilan parallel ravishda «Dinamo» MSK da boks murabbiyi sifatida boshlagan. 1993 yildan Osiyo va Yevropada ko‘chmas mulk, telekommunikatsiyalar, neft va tabiiy gaz qazib olish va qayta ishlash, konchilik va xomashyo savdosi bilan shug‘ullanuvchi qator xususiy kompaniyalarga asos solgan, hozirda ularning aksioneri hisoblanadi.

Mahalliy va xalqaro sportdagi rahbarlik karerasi:
1993 – 2012 O‘zbekiston boks federatsiyasi vitse-prezidenti
1995 – 1998 AIBA Biznes komissiyasi raisi
1998 – hozirgacha AIBA Ijroiya Qo‘mitasi a’zosi
1999 – 2011 Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti
2001 – 2012 O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti
2002 – 2010 AIBA vitse-prezidenti
2007 – 2008 Osiyo Boks Federatsiyasi prezidenti
2010 – 2014 Osiyo Boks Konfederatsiyasi prezidenti.
2011 – hozirgacha Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti
2003 – 2018 AIBA vitse-prezidenti
2018 – hozirgacha AIBA prezidenti vazifasini bajaruvchi

Saylovdan keyingi xursandchilikni ushbu video orqali ko‘rishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik G‘ofur Rahimov AIBA prezidenti! Saylovdan keyingi xursandchilik (video)