22:17 / 03.11.2018
2 494

Ahmedovning jamoasi Xitoy chempionati "finalida" qiyin g‘alabaga erishdi (foto)

Ahmedovning jamoasi Xitoy chempionati "finalida" qiyin g‘alabaga erishdi (foto)
2 ochkolik tafovut bilan turnir jadvali peshqadami bo‘lib turgan "Shanxay SIPG", amaldagi chempion "Guanchjou Evergrand" jamoasi mehmoni bo‘ldi. Durang natija ham Vitor Pereyra shogirdlarining foydasiga xizmat qiladigan uchrashuvni tomosha qilish uchun stadionga 60 000 nafarga yaqin muxlis tashrif buyurdi. Stadiondagi shovqin shu darajada kuchli bo‘ldiki, aksar holatlarda hakamning hushtagi eshitilmadi.

Pereyra bugungi o‘yinda Xitoydagi limit tufayli so‘nggi o‘yinlarda o‘z o‘rnini Elkesonga bo‘shatib berishga "majbur" bo‘layotgan Ahmedovga ishonch bildirdi. Sababi bitta, raqib safida yaqindagina Ispaniya chempioni bo‘lgan Paulinodek kuchli futbolchisi bor. Aynan Paulino qiyin vaziyatga tushib qolgan jamoasini birinchi bo‘lim so‘nggida qutqarib qoldi. 2:1 hisobida oldinda borayotgan "Shanxay SPIG"ning darvozabonining ikkita qo‘pol xatosi qimmatga tushdi. Avvaliga Alan de Karvalo (43), undan keyin Paulino gol urib tanaffusga chiqishdan oldin hisobni 3:2 ko‘rinishga olib keldilar.

Yaqindagina "Barselona"da Messi va Suares kabi futbolchilar bilan birga to‘p tepib yurgan futbolchi, bugun hamyurtimizning jamoasi foydasiga penalti ishladi.

Ikkinchi bo‘limda shanxayliklar yana hujum taktikasini qo‘llay boshladilar. Vu Ley hisobni teglashtirgach, Jang Cheng Lin 79-daqiqada mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim qahramoni Paulino antiqahramonga aylandi. Xavf bartaraf bo‘lgandek ko‘ringan bir paytda, jarima maydonchasi ichida Xalk qo‘pollik bilan to‘xtatildi. Hakam o‘ylab o‘tirmay 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi. So‘ngi bora "Zenit" safida chempionlikni qo‘lga kiritgan jamoa sardori darvozabonga hech qanday imkoniyat oldirmadi, 3:5.

Xitoy Superligasi mutassaddilari bugungi o‘yinning ahamiyatini yaxshi bilganlari uchun ham bosh hakamlikka Germaniya Bundesligasidan Bastian Dankertni taklif etgan edilar. Uchrashuvning ikkinchi bo‘limiga 6 daqiqa qo‘shib bergan UYeFA hakami, 94-daqiqada "Gunchjou Evergrand" foydasiga penalti berdi, 4:5.

Xitoy Superligasi 2004 yil tuzilgan bo‘lib, so‘nggi 7 ta chempioni aynan "Guanchjou Evergrand" klubi hisoblanar edi. Odil Ahmedov jamoasining eng yaxshi ko‘rsatgichi 2-o‘rin bo‘lib, bu natija 2017 yil qo‘lga kiritilgan edi.

Qizillar 29-turda "Shensi Chanba" jamoasini o‘z maydonida qabul qiladi. Aynan shu kuni jamoa ochko yo‘qotmasa bo‘lgani, "Shanxay SPIG" Xitoy Superligasining chempioni unvonini qo‘lga kiritadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ahmedovning jamoasi Xitoy chempionati "finalida" qiyin g‘alabaga erishdi (foto)