23:58 / 03.11.2018
4 615

Nurmagomedov Meyvezer bilan 2 ta jang o‘tkazmoqchi

Nurmagomedov Meyvezer bilan 2 ta jang o‘tkazmoqchi
Yengil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov amerikalik bokschi Floyd Meyvezer bilan ikkita jang o‘tkazmoqchi. Unga janglarning biri boks qoidalari bo‘yicha o‘tkazilsa, ikkinchisi MMA qoidalari bo‘yicha bo‘ladi.

– Agar biz Floyd bilan ikki tomonlama kelishuvga erishsak, muxlislar mamnun bo‘lishadi, – deya Nurmagomedovning so‘zlarini keltirali Talksport nashri. – Birinchi jang ringda bo‘lsa, ikkinchisi qafasda. O‘shanda bu haqiqiy bo‘ladi. Men o‘zimni boksda sinab ko‘raman. Bu adolatli.

Eslatib o‘tamiz, Nurmagomedov avvalroq Meyvezer bilan jangni “Lujniki” stadionida o‘tkazmoqchi ekanligini aytgan. MMA jangchisi bokschi bilan jang qilishni UFC 229 turnirida Konor Makgregorni mag‘lub qilgandan so‘ng aytgan. Amerikalik sportchi bu taklifni qabul qilgan va homiylarga yirik miqdordagi pullarni tayyorlashga chaqirgan.

2017 yil avgustda u Makgregor bilan boks qoidalari bo‘yicha jang o‘tkazgan va 10-raundda texnik nokautga uchratgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nurmagomedov Meyvezer bilan 2 ta jang o‘tkazmoqchi