22:29 / 03.11.2018
2 867

«Real» so‘nggi daqiqalarda «Valyadolid» qarshiligini sindirdi

«Real» so‘nggi daqiqalarda «Valyadolid» qarshiligini sindirdi
Ispaniya chempionati 11-turidan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi.

«Real» o‘z maydonida «Valyadolid» bilan bellashib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bu vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi Santyago Solarining ilk o‘yini edi.

Muxlislar gollarni uzoq kutishdi. 83-daqiqada Vinisius zarbasidan so‘ng, Alba to‘pni o‘z darvozasiga yo‘llab qo‘ydi. 88-daqiqada Ramos penaltini aniq amalga oshirdi.

Bu natijadan so‘ng, «Real» 17 ochko bilan 6-o‘rinda, «Valyadolid» esa 16 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda.

La Liga, 11-tur
3 noyabr, «Santyago Bernabeu» stadioni

Real Madrid – Valyadolid 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 83, avtogol Alba, 2:0 – 88, penalti Ramos.

Real Madrid – Kurtua, Ramos, Regilon, Odriosola, Nacho, Modrich, Kazemiro (Isko, 56), Asensio (Vinisius Junior, 73), Kroos, Beyl (Vaskes, 71), Benzema.
Valyadolid – Masip, Kalero, Alba, Martines, Antonito, Suares (Plano, 76), Michel, Toni (Verde, 69), Alkaras, Moyyano (Chop, 85), Unal.
Ogohlantirish: Asensio (45).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Real» so‘nggi daqiqalarda «Valyadolid» qarshiligini sindirdi