19:16 / 06.11.2018
4 834

AIBA prezidentligiga saylangan G‘ofur Rahimov O‘zbekistonga keldi (foto)

AIBA prezidentligiga saylangan G‘ofur Rahimov O‘zbekistonga keldi (foto)
Xabaringiz bor, 2-3 noyabr kunlari Moskva shahrida Xalqaro havaskor boks assotsiatsiyasi (AIBA)ning navbatdagi Kongressi bo‘lib o‘tgandi.

Kongress davomida hamyurtimiz G‘ofur Rahimov AIBA prezidentlik saylovida ishtirok etgan va yakunda g‘alaba qozonib, tashkilot rahbariga aylangandi. Rahimov bu borada qozog‘istonlik Serik Konakbayevni ortda qoldirdi.

Milliy olimpiya qo‘mitasidan xabar berishlaricha, bugun, 6 noyabr kuni hamyurtimiz AIBA prezidenti sifatida yurtimizga tashrif buyurdi. Martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov hamda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyevlar kutib oldi.

Eslatib o‘tamiz, Umid Ahmadjonov Moskvada bo‘lib o‘tgan AIBA Kongressida ham bevosita ishtirok etgandi.

Ma’lumot uchun: G‘ofur Rahimov 2022 yilgacha AIBA prezidenti sifatida faoliyat olib boradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » AIBA prezidentligiga saylangan G‘ofur Rahimov O‘zbekistonga keldi (foto)