19:41 / 07.11.2018
3 415

Elnur Abduraimov uchinchi jangini 10 noyabr kuni o‘tkazadi

Elnur Abduraimov uchinchi jangini 10 noyabr kuni o‘tkazadi
Professional boksning super yarim yengil vazn (- 58,96 kg) toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Elnur Abduraimov 10 noyabr kuni o‘zining uchinchi jangini o‘tkazadi.

Elnur shu kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o‘tkaziladigan boks kechasida jang qiladi. Hozircha uning raqibi kim bo‘lishi aniq emas. RMK yakkakurash akademiyasi saroyida bo‘lib o‘tadigan kechada o‘zbekistonlik boshqa bir bokschi Mahmud G‘oipov ham o‘zining debyut jangini o‘tkazishi haqida xabar bergandik.

Ma’lumotlarga ko‘ra, avvaliga Elnur 8 noyabr kuni Kaliforniyaning Indio shahrida jang qilishi lozim edi. Ammo raqib topishdagi muammo sabab uning jangi Rossiyaga ko‘chiriladigan bo‘ldi.

Elnur Abduraimov professional boksda ikkita jang o‘tkazib, ularning ikkalasida ham raqiblarini muddatidan oldin mag‘lubiyatga uchratgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Elnur Abduraimov uchinchi jangini 10 noyabr kuni o‘tkazadi