02:02 / 08.11.2018
3 490

Mbappe oltin to‘p uchun da’vogarlar ro‘yxatida yetakchilik qilmoqda

Mbappe oltin to‘p uchun da’vogarlar ro‘yxatida yetakchilik qilmoqda
Uch hafta oldin oltin to‘pga da’vogarlarning kengaytirilgan ro‘yxati e’lon qilingan edi. Hozir fransiyalik futbolchi 30 ta nomzod orasida ochkolar soni bo‘yicha peshqadam bo‘lib oldi.

Nomzodlar ro‘yxati e’lon qilinganidan so‘ng Mbappe gollar va assistlar bo‘yicha eng yaxshi natija ko‘rsatgan futbolchi bo‘lib turibdi.

Uch hafta ichida Mbappe 388 daqiqa maydonda harakatlangan va uchta gol urib ikkita assistni amalga oshirgan. Uning eng yaqin ta’qibchisi Ronaldu ham uchta gol urgan, ammo assistlar soni bitta. Ronaldu maydonda 360 daqiqa harakat qilgan.

Besh karra oltin to‘p sohibi Messi jarohati tufayli ancha uchrashuvlarni o‘tkazib yubordi. Ammo nomzodlar e’lon qilinganidan so‘ng argentinalik futbolchi bitta gol va bir golli uzatmani amalga oshirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mbappe oltin to‘p uchun da’vogarlar ro‘yxatida yetakchilik qilmoqda