10:12 / 09.11.2018
2 428

Rahim Sterling: «Shaxtyor» hamda hakamdan uzr so‘rayman

Rahim Sterling: «Shaxtyor» hamda hakamdan uzr so‘rayman
“Manchester Siti” yarim himoyachisi Rahim Sterling “Shaxtyor”ga (6:0) qarshi kechgan Chempionlar ligasi bahsidan so‘ng donetsklik klubdan uzr so‘radi.

“To‘pga qarab yugurayotuvdim. Uyog‘iga nima bo‘lganini tushunmadim — chimga quladim. To‘qnashuv bo‘ldi deb o‘ylamayman, o‘z aybim tufayli yiqildim.

Chim ustida qoqilib, sirpanib yiqildim. Shu sababli, “Shaxtyor” hamda hakamdan uzr so‘rayman”, — deya Sterlingning so‘zlarini keltiradi Goal portali.

Sterling “Shaxtyor” darvozasiga urilgan gollardan biriga mualliflik qildi.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rahim Sterling: «Shaxtyor» hamda hakamdan uzr so‘rayman