Turkmaniston poytaxtida og‘ir atletika bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati bellashuvlari davom etmoqda. Biroz avval -109 kg vazn toifasidagi bahslar o‘z yakuniga yetdi.
Ushbu vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz Ruslan Nurudinov siltab ko‘tarish mashqida 227 kg natija bilan bronza medaliga ega chiqdi. Yurtdoshimiz dast ko‘tarish mashqini afsuski, muvaffaqiyatsiz yakunlab, 3 urinishdan foydalana olmadi. Shu bois ham ikki kurash bo‘yicha medallardan biriga egalik qilolmadi.
Ushbu vazn toifasida chempionlik Armaniston vakili Simon Martirosyanga nasib etdi. Olimpiya o‘yinlarining sovrindori bo‘lgan ushbu sportchi dast ko‘tarish mashqini 195 kg, siltab ko‘tarish mashqini ikkinchi urinishda 240 kg (jami 435 kg) bilan yakunlandi va yakuniy hisobda chempionlik uchun uchinchi urinishga hojat qoldirmadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi