11:45 / 10.11.2018
3 356

APL "Oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi"ni e’lon qildi

APL "Oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi"ni e’lon qildi
«Arsenal» klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyang Angliya chempionati oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi.

29 yoshli futbolchi o‘tgan oy 3 ta o‘yinda 5 ta to‘p kiritishga erishgan. Obameyang «Fulxem» va «Lester» jamoalariga qarshi dubl qayd etdi, yana bitta gol esa «Kristal Pelas» darvozasini topgan.

Joriy mavsum Obameyang premer-liga doirasida 11 ta o‘yinda ishtirok etib 7 ta gol urishga erishdi. U to‘purarlar poygasida yetakchilikni Eden Azar va Serxio Aguero bilan bo‘lishib turibdi.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » APL "Oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi"ni e’lon qildi