19:53 / 10.11.2018
3 106

Matich: Mourinyu «Manchester Siti»ni qanday to‘xtatish kerakligini biladi

Matich: Mourinyu «Manchester Siti»ni qanday to‘xtatish kerakligini biladi
«Manchester Yunayted» klubi yarim himoyachisi Nemanya Matich APL 12-turi doirasida «Manchester Siti»ga qarshi kechadigan o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Qiyin o‘yin bo‘lishini kutmoqdaman. «Siti» – juda kuchli jamoa, ular yaxshi futbol namoyish qilishadi, har bir o‘yinda ko‘plab gollar urishadi. Ammo «MYu»ning ham o‘ziga yarasha kuchli tomonlari bor va biz ulardan foydalanishimiz kerak.

Biz «Siti»ning hujumlarini to‘xtatishimiz kerak. Buning yo‘li bor va Mourinyu uni yaxshi biladi», – deydi Matich.

«Man Siti» – «Man Yunayted» o‘rtasidagi uchrashuv ertaga bo‘lib o‘tadi.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Matich: Mourinyu «Manchester Siti»ni qanday to‘xtatish kerakligini biladi