Yuzlab eronlik futbol muxlisalari 10 noyabrda Tehronda o‘tgan Osiyo Chempionlar ligasi finali javob uchrashuviga tashrif buyura oldilar. Ma’lum qilinishicha, stadionga kelgan ayollarning askariyati o‘yinchilarning yaqinlari va ayollar futbol jamoalari a’zolari bo‘lgan.
Muxlisalar uzoq kutilgan ruxsatni FIFA Eron hukumati bilan olib borayotgan muzokaralar natijasida olishgan. FIFA Eronda ayollarga futbol uchrashuvlariga tashrif buyurishga 35 yildan ko‘proq vaqtdan beri amal qilayotgan taqiqlovning bekor qilinishida yordam bermoqchi.
Avvalroq eronlik ayollar Boliviya terma jamoasi bilan o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuviga qo‘yilgandilar, biroq o‘yindan keyin taqiqlov yana kuchga kirgan. Joriy yil martida 35 nafar eronlik muxlisa ikki mahalliy jamoaning o‘yinini ko‘rish uchun maydonga kirmoqchi bo‘lganda ushlangandi.
Musobaqada esa Yaponiyaning «Kashima Antlers» klubi g‘olib bo‘ldi. Ikki o‘yindan iborat finalning javob uchrashuvida yapon klubi safarda Eronning «Persepolis» klubi bilan 0:0 hisobidagi durang qayd etdi. Dastlabki bahsda 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritgan yaponiyaliklar nufuzli sovrinni qo‘lga kiritdilar. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

OFK yilning eng yaxshilarini taqdirladi (foto)

OChL. «Kashima Antlers» dastlabki finalda ishonchli g‘alabaga erishdi

Osiyo Chempionlar Ligasida ikkinchi finalchi aniqlandi

Eronlik qizlar futbol uchrashuviga tushish uchun yigitlar qiyofasiga kirishdi

O‘zbekiston milliy terma jamosasi Eronga qarshi o‘ynaydi

Jeparovning o‘yinini ko‘rish uchun stadionga kirmoqchi bo‘lgan 35 nafar eronlik ayol qo‘lga olindi