20:30 / 14.11.2018
2 487

UFC chempioni Xabib Nurmagomedov o‘z kitobi taqdimotini o‘tkazadi

UFC chempioni Xabib Nurmagomedov o‘z kitobi taqdimotini o‘tkazadi
Yengil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov o‘zining avtobiografik kitobi nashrdan chiqishini ma’lum qildi, deb yozmoqda Olamsport nashri.

"KhabibTime" nomli avtobiografiyam tayyor va chop etish uchun topshirildi. Bu haqida sizlarga e’lon qilayotganimdan mamnunman.

Ushbu kitob ustida ikki yil davomida ishladik. Zaur Kurbanov bilan birga kitob yozishni boshlaganimizda ikki yildan so‘ng UFC chempioniga aylanishimga ishonchim komil emasdi. O‘shanda menga "Kitob yozish uchun hali erta emasmi, buning uchun chempion bo‘lish lozim" degan gapni aytishgandi. Umuman olganda tanqidlar yetarli bo‘lgandi. Bu tavakkal edi. Endi esa bu kitob dunyo yuzini ko‘rishga haqli.

Kitob taqdimotini hayajon bilan kutmoqdaman. Taqdimot 26 noyabr kuni Moskvadagi "Synergy Global Forum" biznes-forumida o‘tkaziladi", - deb xabar qoldirgan sportchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » UFC chempioni Xabib Nurmagomedov o‘z kitobi taqdimotini o‘tkazadi