18:05 / 15.11.2018
2 657

O‘zbekistonlik futbolchini Qirg‘izistonda 1000 dollar beramiz deb qanday aldashdi?

O‘zbekistonlik futbolchini Qirg‘izistonda 1000 dollar beramiz deb qanday aldashdi?
O‘zbekistonlik hujumchi Alisher Azizov qisqa muddat Qirg‘izistonning "Olg‘a" klubida faoliyat olib bordi.
Futbolchi "Futbol Ekspress" gazetasiga intervyu berdi. Quyida ushbu intervyuning asosiy joyini taqdim etamiz.

"Bilasiz "Dordoy" jamoasida o‘ynadim. Ushbu jamoa murabbiyi meni "Olg‘a"ga chaqirdi. O‘sha murabbiyning gapiga ishonib "Olg‘a" bilan shartnoma tuzdim. Ammo o‘zaro kelishuvga ko‘ra men ularning og‘zaki gaplariga ishongandim va shunga asosan shartnomaga qo‘l qo‘ygandim. Men shartnomada arzimagan 50 dollar oylik maoshga qo‘l qo‘ygandim. Bir so‘z bilan aytganda, klub menga nisbatan professional ish tutmadi. U yerda menga begona bo‘lgan odamlar bo‘lganida albatta quruq gaplari uchun shartnoma tuzmasdim. Bosh murabbiy va klub rahbariyatida ishlagan odam bilan "Dordoy"da birga ishlaganmiz.

Hech kimga shikoyat qila olmayman. Chunki shartnomada yozilgan pulni oldim. 50-60 dollar atrofida. Bir marta 200 oldim bo‘ldi. Hisoblab chiqsam uch oyga 200 dollar olibman (kuladi). Boshqa pul olmadim.

Ular bilan og‘zaki ravishda 1000 AQSh dollariga kelishgandik", - deydi Alisher Azizov "Futbol Ekspress" gazetasiga.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik futbolchini Qirg‘izistonda 1000 dollar beramiz deb qanday aldashdi?