18:02 / 17.11.2018
3 135

Qozogʻistonning dzyudo boʻyicha chempioni oʻldirildi

Qozogʻistonning dzyudo boʻyicha chempioni oʻldirildi
Qozogʻistonning Semey shahrida dzyudo boʻyicha respublika chempioni Jasulan Abiyev oʻldirildi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

12 noyabr kuni Jasulan Semey shahridagi (Sharqiy Qozogʻiston viloyati) Karajir koʻmir koniga borgan. Guvohlarning maʼlumotiga koʻra, dzyudochi navbatda turgan erkaklardan biri bilan mushtlashib ketgan - raqibi Abiyevning boshiga juda qaltis zarba bergan, natijada dzyudochi vafot etdi. Ushbu holat boʻyicha jinoyat ishi ochildi, qotil Qozogʻiston Jinoyat kodeksining tegishli moddasi boʻyicha 12 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Abiyev - dzyudo boʻyicha Qozogʻiston chempioni va turli musobaqalarning koʻp karra sovrindori, uning vazn toifasi 60 kilogrammgacha boʻlgan.

Dzyudochi 2010 yilda sport faoliyatini yakunlagan va biznes bilan shugʻullanishni boshlagan. U 33 yoshda edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qozogʻistonning dzyudo boʻyicha chempioni oʻldirildi