03:14 / 18.11.2018
3 841

Shohjahon Ergashev kelasi oy Rossiyada jang o‘tkazadi

Shohjahon Ergashev kelasi oy Rossiyada jang o‘tkazadi
Mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan professional bokschimiz Shohjahon Ergashevning navbatdagi jangi Rossiyaning Krasnodar shahrida bo‘lib o‘tadi.

WBA International chempionlik kamari sohibi bo‘lib turgan Shohjahon 14 dekabr kuni Andrey Andreyevga tegishli "Shkola chempionov" promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan boks kechasida ringga ko‘tariladi.

Katta ehtimol bilan raqib braziliyalik bokschi bo‘ladi. Hozirda Ergashevning promouterlari ushbu jang yuzasidan muzokara olib borishyapti.

- Braziliyalik bokschi 17 ta jangning barchasida g‘alabaga erishgan. Men ham 15 ta jangda yuz foizlik natija ko‘rsatganman. Agar raqib bilan kelisha olsak, 14 dekabr kuni muxlislar ajoyib jangga guvoh bo‘lishadi, - dedi Ergashev saytimizga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Shohjahon Ergashev professional boksdagi faoliyati davomida 15 ta jang o‘tkazib, ularning barchasini o‘z foydasiga hal qilgan. 14 ta jangda hamyurtimiz raqiblarini nokautga uchratgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shohjahon Ergashev kelasi oy Rossiyada jang o‘tkazadi