Yengil vaznda UFC chempioni, rossiyalik Xabib Nurmagomedov sobiq raqibi irlandiyalik jangchi Konor MakGregor bilan boks qoidalari bo‘yicha jang o‘tkazishga tayyor.
Bu ma’lumotni Xabibning otasi va murabbiyi Abdulmanop Nurmagomedov ma’lum qilgan.
“Konorga qarshi boks qoidalari bo‘yicha jang o‘tkazishga kelsak, bunday jang bizga qiziq. Xabib aralash yakkakurashda eng mohir jangchilarni mag‘lub etishga qodirligini ko‘rsatgan. U bu haqda avval ham aytgan, biroq bunga uncha ishonishmagan. Biroq uning Maykl Jonson, Edson Barboza va Konor ustidan yorqin g‘alabalaridan keyin bunga ishonishmoqda”, deb aytgan Xabibning otasi.
6 oktyabrda Nurmagomedov UFC 229 musobaqasida MakGregor ustidan g‘alabaga erishib, chempionlik unvonini himoyalay olgandi. Shu g‘alabadan keyin Xabib Konor bilan boks qoidalari bo‘yicha jang o‘tkazgan amerikalik bokschi Floyd Meyvezerga jang qilishga chaqiriq tashlagan. Meyvezer chaqiriqni qabul qilgan, biroq o‘z shartlarini qo‘ygan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Nurmagomedov 2019 yilda Meyvezer bilan jang o‘tkazishi mumkin

Nurmagomedov afsonaviy bokschi bilan jang qilishdan bosh tortdi

Meyvezerga Xabib bilan jang qilishi uchun 150 mln dollar taklif qilindi

Nurmagomedovning otasi: Habib Makgregor bilan yana jang o‘tkazishi mumkin, faqat...

Nurmagomedov Meyvezer bilan 2 ta jang o‘tkazmoqchi

Xabib Nurmagomedov va Konor MakGregor jangi sanasi ma’lum qilindi