16:16 / 18.11.2018
2 977

Tailandlik bokschi 52-g‘alabasini qo‘lga kiritib, yangi rekordni o‘rnatdi

Tailandlik bokschi 52-g‘alabasini qo‘lga kiritib, yangi rekordni o‘rnatdi
Tailandlik bokschi Vanxeng Menayotin professional ringda navbatdagi g‘alabasini nishonladi. Sportchi bu galgi jangida indoneziyalik Mektison Margantini hakamlarning qaroriga ko‘ra mag‘lub qildi. Bu g‘alaba Tailand vakili uchun faoliyatidagi 52-g‘alabasi bo‘ldi.

Menayotin ringdagi g‘alabalari soni bo‘yicha mutloq rekordchi hisoblanadi. 2018 yili avgustda u Floyd Meyvezerga tegishli rekordni (amerikalik bokschi hisobida 50 g‘alaba bor) zabt etgan edi.

Menayotin eng yengil vazn toifasida WBC chempionlik kamariga egalik qilmoqda. U ushbu kamarni 2014 yil noyabr oyida qo‘lga kiritgan. O‘shanda u meksikalik bokschi Osvaldo Novoadan ustun kelgan. Shundan beri Menayotin 15 marta kamarni himoya qilish janglarini muvaffaqiyatli o‘tkazdi.

Meyvezer faoliyatini yakunlagan, shuning uchun tailandlik bokschi o‘z rekordini yanada yaxshilash imkoniga ega.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tailandlik bokschi 52-g‘alabasini qo‘lga kiritib, yangi rekordni o‘rnatdi