22:26 / 18.11.2018
2 769

Angliya iroda namoyish qilib Xorvatiyani o‘z maydonida taslim etdi (video)

Angliya iroda namoyish qilib Xorvatiyani o‘z maydonida taslim etdi (video)
Millatlar Ligasi doirasida Angliya terma jamoasi «Uembli» stadionida Xorvatiya futbolchilarini qabul qildi va uch ochkoni qo‘lga kiritishdi. Hisobni ochishga muvaffaq bo‘lgan xorvatlar durang natijani ham saqlab qolisha olmadi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida muxlislar gol ko‘rishmadi. Teng kurashlar ostida kechgan ilk 45 daqiqalikda tomonlar navbati bilan hujum qilib turishdi. Ikkinchi bo‘limning 57-daqiqasida Kramarich muvozanatni buzib xorvatiyaliklarni oldinga olib chiqdi. Shundan keyin Angliya terma jamoasi ustozi 73-daqiqada Garet Sautgeyt maydonga Jessi Lingardni maydonga va oradan 5 daqiqa o‘tib hisob tenglashdi. Gol muallifi aynan shu Lingard. Goldan ruhlangan maydon egalari yana hujumga zo‘r berishdi va Xarri Keyn 85-daqiqada g‘alaba to‘pini kiritdi.

Ushbu havola orqali o‘yindagi eng xavfli vaziyatlar va urilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin.

Millatlar Ligasi

Angliya – Xorvatiya 2:1 (0:0, 2:1)
Gol:
0:1 – 57 Kramarich, 1:1 – 78 Lingard, 2:1 – 85 Keyn.

Angliya – Pikford, Stounz, Gomes, Chiluell, Delf (Lingard, 73), Barkli (Alli, 63), Dayer, Sterling, Uoker, Reshford (Sancho, 73), Keyn.

Xorvatiya – Kalinich, Lovren, Yedvay, Vrsalko (Milich, 26), Vida, Vlashich (Rog, 79), Brozovich, Perishich, Modrich, Rebich (Brekalo, 46), Kramarich.

Ogohlantirishlar: Barkli (26), Yedvay (67), Brozovich (67), Lovren (89).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Angliya iroda namoyish qilib Xorvatiyani o‘z maydonida taslim etdi (video)