02:00 / 19.11.2018
2 597

Kavani "Real"ga o‘tishi mumkin

Kavani "Real"ga o‘tishi mumkin
Madridning "Real" klubi PSJ forvardi Edinson Kavaniga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Sports.uz nashri xabar tarqatmoqda.

Unga ko‘ra PSJda Neymar va Mbappelar bilan kelisha olmay qolgan urugvaydik futbolchi jamoasini o‘zgartirmoqchi. Unga esa “qirollik klubi” asosiy da’vogarlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Ushba transfer taxminan 60 mln yevroga baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Kavani PSJ safiga 2013 yil 64 mln yevro evaziga “Napoli”dan kelib qo‘shilgan edi. U joriy mavsum parijliklar safida jami 12ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 9ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kavani "Real"ga o‘tishi mumkin