20:24 / 20.11.2018
3 163

Ektor Kuper: «Terma jamoa o‘yinida o‘sish bor»

Ektor Kuper: «Terma jamoa o‘yinida o‘sish bor»
O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper Janubiy Koreyaga (0:4) qarshi o‘yindan so‘ng, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«O‘yin natijasidan qoniqmadim, ammo futbolchilarimda taktika borasida o‘sish borligini ko‘rdim.

O‘yin natijasining salbiy bo‘lishiga futbolchilarning jismoniy holati maromida emasligi sabab bo‘ldi. O‘yin oxirida biz ancha charchab qoldik.

Ammo taktika borasida ancha oldinga siljidik», - dedi Kuper.

Qayd qilish joizki, O‘zbekiston terma jamoasi 2ta golni o‘yin boshida (9 va 24-daqiqa) va yana 2ta golni o‘yin oxirida (70 va 81-daqiqa) o‘tkazib yuborgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Ektor Kuper: «Terma jamoa o‘yinida o‘sish bor»