22:20 / 20.11.2018
2 384

O‘zbekiston "Dubai Cup 2018" turniri g‘olibi bo‘ldi

O‘zbekiston "Dubai Cup 2018" turniri g‘olibi bo‘ldi
Dubayda davom etgan "Dubai Cup" turniri yakunlandi.

3-turda Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston termasi Quvaytga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 26-daqiqasida hisob ochildi va bu gol yagonaligini saqlab qoldi.

Natijada, hamyurtlarimiz 3 ta o‘yinda 7 ochko jamg‘arib, turnirda 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Avvalroq Ravshan Haydarov shogirdlari Yaponiya bilan 2:2 hisobida durang o‘ynab, BAAni 2:0 hisobida yenggan edilar.

Kecha Yaponiya va turnir mezbonlari BAA termalari o‘rtasida kechgan bahs 1:1 hisobida yakunlangani bois O‘zbekiston olimpiya termasi "Dubai Cup" turniri g‘olibiga aylandi.

O‘zbekiston - Quvayt 1:0
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston "Dubai Cup 2018" turniri g‘olibi bo‘ldi