Mashhur charm qo‘lqop ustasi Floyd Meyvezer bilan hamkorlik qilayotgan hamyurtimiz Sanjarbek Rahmonov joriy yilning 7 dekabr kuni Las-Vegas shahridagi «Sam’s Town Hotel & Gambling Hall» saroyida o‘zining o‘n uchinchi jangini o‘tkazadi.
Hozircha unga kim raqib bo‘lishi aniq bo‘lganicha yo‘q. Lekin, Sanjar ushbu jangda raqib kim bo‘lishidan qat’iy nazar faqat g‘alaba uchun ringga ko‘tariladi.
Bunga sabab, S.Rahmonov o‘zining avgust oyida o‘tgan 12-jangida amerikalik Markus Teylorga qarshi ringga ko‘tarilib, 8 raund davom etgan bahsda ochkolar hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi. Shu sababli ham NABF chempionlik kamari sohibi Sanjar Rahmonov ringga faqat g‘alaba uchun ko‘tarilishi aniq.
Faoliyati davomida 12 marta ringga ko‘tarilgan va 10 marotaba raqiblarini yer tishlatgan. Bir jangda durrang qayd etgan Sanjar mazkur mag‘lubiyatdan so‘ng ruhan tushkunlikka tushib qolgan bo‘lishi mumkin.
Nima bo‘lgan taqdirda ham iste’dodli bokschimizga zafar yor bo‘lishini tilab qolamiz. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

O‘zbek bokschilari AQSH va Kambodjada ringga ko‘tariladi

Tojikiston terma jamoasi a’zosi yangi mavsumni "Nasaf"da boshlashi mumkin

Serxio Ramosning uchinchi farzandi dunyoga keladi

Sanjar Tursunov Ukraina chempionatida turning ramziy terma jamoasiga kiritildi

Vladimir Klichkodan WBO` kamari olib qo‘yilishi mumkin

Stiven Jerrard 30dan ortiq 11 metrlik jarima to‘pini aniq amalga oshirgan uchinchi o‘yinchiga aylandi