16:20 / 21.11.2018
4 322

Shahram, Murodjon va Isroil jang manziliga yetib kelishdi (foto)

Shahram, Murodjon va Isroil jang manziliga yetib kelishdi (foto)
Avval xabar berganimizdek, 24 noyabr kuni AQShning Atlantik-Siti shahrida professional boks kechasi o‘tkaziladi.

Ushbu boks oqshomining biz uchun ahamiyatli tomoni shundaki, unda uch nafar professional bokschimiz - Shahram G‘iyosov, Isroil Madrimov va Murodjon “Kaka” Ahmadaliyev ringga ko‘tariladi. Bugun bokschilarimiz jang o‘tkaziluvchi Atlantik-Siti shahriga yetib kelishdi.

Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli Isroil Madrimov prof ringdagi 10 raunddan iborat debyut jangida meksikalik Vladimir Ernandes (10-2, 6KO), Shahram G‘iyosov meksikalik Migel Zamudioga qarshi ringga ko‘tariladi. Murodjon Ahmadaliyev esa amerikalik Isaak Zaratega qarshi 10 raundlik jangda o‘ziga tegishli WBA Inter-Continental chempionlik kamarini himoya qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shahram, Murodjon va Isroil jang manziliga yetib kelishdi (foto)