18:20 / 22.11.2018
3 180

«Barselona» Neymarga shart qo‘ymoqda

«Barselona» Neymarga shart qo‘ymoqda
«Pari Sen-Jermen» hujumchisi Neymar Fransiyada o‘zini baxtiyor his qilmayapti va u sobiq klubi «Barselona»ga qaytishni istamoqda.

Kun.uz nashri xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi kataloniyaliklar klubiga qaytishi orqali klubdagi muammolar hal bo‘lishiga ishonch bildirmoqda.

«Barselona» ham Neymarni qabul qilishga tayyor, ammo u o‘zi tashabbus ko‘rsatishini istashmoqda. Bu klub direktori Pep Seguraning bayonotida ham ko‘rinadi.

Birinchidan, kataloniyaliklar forvard rasman klubni tark etganidan afsusdaligini bildirib, muxlislar bilan aloqani yaxshilashi zarur.

Ikkinchidan, Neymar maoshi kamayishiga rozilik bildirishi kerak bo‘ladi, «Barselona» hozirda unga «PSJ»dagi kabi maosh to‘lay olmaydi.

Shu bilan birga, matbuotda Neymarning «Barselona» yetakchisi Lionel Messi bilan munosabati sovuqligi borasida ham yozilmoqda.

Ayni paytda boshqa bir nashr – Mundo Deportivo tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, 26 yoshli hujumchiga da’vogarlik qilib kelgan «Real» bu borada o‘z fikridan qaytgan. «Qaymoqranglilar» prezidenti Florentino Peres dastlab uni asosiy xarid maqsadi sifatida ko‘rgan, ammo bir tomondan Neymarning Madridga kelishini istamayotgan klub muxlislari, ikkinchi tomondan unga «Barsa»ning ham qiziqayotgani rahbarning hafsalasini pir qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Neymar 2013-2017 yillarda kataloniyaliklar sharafini himoya qilgan, o‘tgan yilning yozida rekord qiymatda – 222 mln yevroga «PSJ»ga transfer qilingan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » «Barselona» Neymarga shart qo‘ymoqda