20:17 / 23.11.2018
3 830

Aliqulov “Shoʻrtan”da bosh murabbiy ishiga aralashuv boʻlganini maʼlum qildi

Aliqulov “Shoʻrtan”da bosh murabbiy ishiga aralashuv boʻlganini maʼlum qildi
Oʻtmishda tajribali himoyachi, ayni paytda murabbiylik faoliyatini boshlagan Asror Aliqulov nega “Shoʻrtan”dan ketganini izohladi.

Yaqinda saytimiz mehmoni boʻlib, Xayrulla Xoliqov bilan suhbatlashgan Aliqulov “Shoʻrtan”da bosh murabbiyi ishiga aralashuv boʻlgani uchun jamoadan ketganini aytdi.

“Mening ketishimga natijaning hech qanday taʼsiri boʻlmadi. Shunchaki boshqa birovning gapi bilan ish qilishni xohlamaganim uchun ketishga majbur boʻldim. Mening nazarimda maydonga kim tushishini faqat bosh murabbiy hal qilishi, hech kim atrofdan uning ishiga aralashmasligi kerak. Ammo “Shoʻrtan”da shunday holat kuzatildi, men esa futbolni hammasidan ustun qoʻyganim uchun ketishga ariza yozdim. Agar vaqt oʻtib yana takrorlansa, yana shu ishni qilaman. Chunki men asosiy tarkibda kimlar oʻynashi-yu, kimni qaysi chiziqqa qoʻyishni faqat murabbiy hal qilishi kerak deb hisoblayman”, - deydi Aliqulov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aliqulov “Shoʻrtan”da bosh murabbiy ishiga aralashuv boʻlganini maʼlum qildi