17:43 / 24.11.2018
3 983

Usmon Dembelening zararli odatlari oshkor boʻldi

Usmon Dembelening zararli odatlari oshkor boʻldi
“Barselona” hujumchisi Usmon Dembelening intizomni xush koʻrmasligi ayon boʻldi.

Goal xabariga koʻra, fransiyalik futbolchining uyidan juda koʻp miqdorda fastfud (xot-dog, gamburger) qutilari topilgan. Oʻz navbatida, futbolchi “Barselona” bosh-oshpazi tomonidan tayyorlangan foydali baliq ovqatini yemagan.

Bundan tashqari, Dembele juda koʻp vaqtini video-oʻyinlarga sarflashi maʼlum boʻlgan. Baʼzan, shu sababli mashgʻulotlarga kech qolgan.

“Barselona” futbolchining hulq-atvorini uning agenti bilan muhokama qilib olgan. Klub Dembeleni sotib yuborishi ham mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Usmon Dembelening zararli odatlari oshkor boʻldi